🌍 tarixiygeografiya.uz
Toshpo'latov Bekzod

Toshpo‘latov Bekzod

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
“Iqtisodiyot va pedagogika universiteti” NTM · “Tarix va ijtimoiy fanlar” kafedrasi
Tarixiy geografiya Tarixiy kartografiya O‘rta Osiyo tarixi

Toshpo‘latov Bekzod “Tarixiy geografiya” fanini o‘qitish hamda O‘rta Osiyo hududining tarixiy-geografik taraqqiyoti, qadimgi viloyatlar va shaharlar geografiyasini tadqiq etish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning pedagogik faoliyati talabalarda tarixiy tafakkurni makon va xarita bilan bog‘lab anglash, manbalar bilan ishlash va qiyosiy tahlil ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. U “Tarixiy geografiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua, seminar va mustaqil ta’lim ishlanmalari muallifidir.